currencies image

12 011,02 UZS

49,13

usd

currencies image

13 958,01 UZS

106,54

eur

currencies image

148,08 UZS

0,79

ru



АсосийЯнгиликларАvtomobil gaz balloni nima uchun portlaydi? Buning oldini olish mumkinmi?

Аvtomobil gaz balloni nima uchun portlaydi? Buning oldini olish mumkinmi?

Ўзбекистон

calendar

17.01.2023

eye

1 402

Аvtomobil gaz balloni nima uchun portlaydi? Buning oldini olish mumkinmi?

Har yili avtomashinalarga oʻrnatilgan gaz ballonlar portlashi oqibatida oʻnlab baxtsiz hodisa roʻy berib, insonlarning hayoti va salomatligi xavf ostida qoladi. Achinarlisi, haydovchining loqaydligi yoki ehtiyotsizligi oqibatida begunoh insonlar jabr koʻrmoqda. Afsuski, ko‘pchilik haydovchilar gaz balloni qancha bosim ostida bo‘lishi kerakligini bilmaydi yoki bilsa-da, amal qilishni xohlamaydi. Transportda xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik, gaz ballonlarini o‘z vaqtida nazoratdan o‘tkazmaslik qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi esa hech kimga sir emas. Xo‘sh, avtomobil gaz balloni nima uchun portlaydi? Buning oldini olish mumkinmi? Quyida avtomobilga o‘rnatilgan gaz balloni portlashiga sabab bo‘luvchi omillar, ularni bartaraf etish va transportda xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari haqida so‘z yuritamiz. Quyidagi omillar transportga o‘rnatilgan gaz ballonlarining xavfsiz va ishonchli ishlashini belgilab beuvchi asosiy mezonlar hisoblanadi: Foydalanish muddati. Ishlab chiqaruvchilar tomonida gaz ballonlarning foydalanish muddati – 15 yil, deb belgilangan. Ammo uni saqlash va ekspluatatsiya sharoitining og‘irligiga qarab bu muddat kamayishi mumkin. Ya’ni, gaz ballondan belgilangan me’yor va talablar asosida foydalanilmasa, albatta, u muddatidan oldini yaroqsiz holatga kelib qoladi. Davriylik sikli. Bu ko‘rsatkich gaz ballonga bir yilda necha marta gaz quyish kerakligini anglatadi. Bu ko‘rsatkich ishlab chiqruvchilar tomonidan yiliga mingta deb belgilangan. Ammo amaliyotda ayrim haydovchilar gaz ballonga yiliga ikki ming marotabadan ham ko‘proq gaz quyishadi. Bu ham gaz ballonning “umrini qisqartiradi”. Bosim. Gaz ballondagi bosim 20 megapaskaldan oshib ketmasligi kerak. Afsuski, ko‘pchilik haydovchilar uzoqroq yo‘l bosish maqsadida ko‘proq bosim ostida gaz quyishga harakat qilishadi. Buning oqibati esa ayanchli yakun topishi mumkin. Texnik ko‘rik. Gaz ballonlar har yili kamida bir marotaba yuqori bosim ostida sinovdan o‘tkazilishi kerak. Bu gaz ballon devorlarining mustahkamligini, tashqi va ichki deformatsiyaga uchramaganligini aniqlash va yana bir yil foydalanish uchun ishonch hosil qilish imkonini beradi. Shuningdek, ballondagi gaz cho‘kmalari va boshqa chiqindilar tozalanib, yuviladi. Afsuski, ko‘pchilik haydovchilar gaz ballonni sinovdan o‘tkazishdan qochishadi. Buning uchun noqonuniy yo‘llardan ham tap tortishmaydi. Oqibatda gaz ballonlar yillar davomida sinovdan o‘tkazilmasdan qolib ketaveradi. Ballon mahkamlangan konstruksiyalardagi himoya rezinalari shikastlanadi, temir konstruksiyalar va tashqi muhit ta’sirida ballonda deformatsiya boshlanadi, gaz cho‘kmalari ta’sirida ichki yemirilish kuchayadi va oxir-oqibat gaz ballon portlaydi. Sifat. 2018-yil fevral oyidan buyon respublikamizda SPG-2 turdagi (kapron) gaz balloni foydalanishdan chiqarilgan. Bunga mazkur gaz ballonlarning mustahkamligi yetarli darajada emasligi va foydalanish muddatining kamligi sabab qilib ko‘rsatilgan. Ammo hozir ham “kapron” kompozit qoplamali gaz ballonlaridan foydalanish holatlari tez-tez uchrab turadi. Eng xatarlisi, ayrim holatlarda ballon yuzasidagi kompozit qoplamani olib tashlab, xuddi po‘lat ballondek ko‘rsatish holatlari aniqlanmoqda. Bu esa juda xatarli. To‘g‘ri o‘rnatish. Gaz ballonlar faqat tegishli litsenziyaga ega mutaxassislar tomonidangina o‘rnatilishi lozim. Shuningdek, gaz uskunalarining standart xavfsizlik klapanlari bo‘lishi kerak. Arzon va qo‘lbola xavfsizlik klapanlari tezda ishdan chiqadi va zarur hollarda ishlamay qoladi. Oqibati esa hammaga ma’lum. Hech bir avtomobil favqulodda vaziyatlardan to‘liq muhofaza etilmagan. Ammo xavfsizlik talablariga rioya etish orqali bunday ko‘ngilsizliklarning oldini olish mumkin. Shu sababli, transport vositalarini doimo soz holatda boshqarish, harakat davomida xushyorlikni yo‘qotmaslik hamda gaz ballonlarini o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazish lozim.

Улашиш:

Бошқалар

13-ноябр 2025, 11:22
863

Банк сирига нималар киради ва қачон ошкор қилиниши мумкин? Муҳим 5 саволга жавоб

Банк, унинг мижози (вакили) ва Марказий банкидан ташқари бошқа барча шахслар учинчи шахслар ҳисобланади.


24-октябр 2025, 04:21
841

Шахс ўзининг хабарисиз номига кредит тузилишининг олдини олиши мумкин

Қонунчиликка кўра, жисмоний шахс ўзининг иштирокисиз ёки хабарисиз кредит битими тузилишининг олдини олиш учун ўзи билан кредит битими тузишни кредит бюросига ариза киритиш орқали тақиқлаши мумкин.


30-октябр 2025, 07:11
629

Никоҳ шартномаси — оиладаги ишончнинг кафолати

Никоҳ шартномаси — бу оддий қоғоз эмас.


23-октябр 2025, 05:22
533

Олий таълимда тарбиянинг янги устуни: Тьюторлик институти касбий босқичда

Қарорнинг энг муҳим янгилиги — тьюторлик лавозимининг мақомини оширишдир. Низомда тьюторлик асосий меҳнат фаолияти эканлиги аниқ белгиланди.

Мавзуга доир янгиликлар: